Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoning ayni vaqtdagi eng yaxshi murabbiyi nomi aytildi

Dunyoning ayni vaqtdagi eng yaxshi murabbiyi nomi aytildi

Luis Enrike FourFourTwo talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Reyting Britaniya jurnali tahririyati a’zolari va taklif etilgan ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra tuzilgan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning har biri o‘zlarining taktikasi va jamoani boshqarish qobiliyatini baholab, hozirgi vaqtda dunyoning eng yaxshi 20 nafar murabbiylarini tuzdilar. Shuningdek, qo‘lga kiritilgan sovrinlar ham hisobga olingan.

Yakuniy ro‘yxatga 50 nafar mutaxassis kiritildi.

Top 20 quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Luis Enrike («PSJ»);

2. Arne Slot («Liverpul»);

3. Simone Indzagi («Inter» / «Al-Hilol»);

4. Pep Gvardiola («Manchester Siti»);

5. Xans-Diter Flik («Barselona»);

6. Xabi Alonso («Bayer» / «Real»);

7. Mikel Arteta («Arsenal»);

8. Antonio Konte («Napoli»);

9. Unai Emeri («Aston Villa»);

10. Karlo Anchelotti («Real» / Braziliya);

11. Eddi Xau («Nyukasl»);

12. Diyego Simeone («Atletiko»);

13. Djan Pyero Gasperini («Atalanta» / «Roma»);

14. Andoni Iraola («Bornmut»);

15. Tomas Frank («Brentford» / «Tottenxem»);

16. Lionel Skaloni (Argentina);

17. Nunu Eshpiritu Santu («Nottingem Forest»);

18. Yulian Nagelsmann (Germanii);

19. Oliver Glasner («Kristal Pelas»);

20. Vensan Kompani («Bavariya»).

Kiritildi: 16:30 26.06.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!