Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Dunyoning 67% aholisi 70 yoshdan oshgan erkaklar boshqaruvida

Dunyoning 67% aholisi 70 yoshdan oshgan erkaklar boshqaruvida

Bugungi kunda siyosiy hokimiyat asosan keksa erkaklar qo‘lida jamlanmoqda: AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron... Taxminan 8 milliard aholining 5,4 milliardi, ya’ni 67,5 foizi, 70 yoshdan oshgan erkaklar boshqaruvi ostida yashaydi.

Eng keksa amaldagi davlat rahbari — Kamerun prezidenti Pol Biyadir. U 91 yoshda va 42 yildan beri hokimiyat tepasida. Biroq Kamerunda aholining o‘rtacha yoshi atigi 18 ga teng.

Dunyoda faqat 380 million kishi — ya’ni global aholisining bor-yo‘g‘i 5 foizi — ayollar boshqarayotgan davlatlarda yashaydi. Bunday mamlakatlar soni 28 ta bo‘lib, eng kattalari Meksika va Italiya. Eng yosh ayol bosh vazir esa Islandiyada: Kristrun Frostadottir, u atigi 36 yoshda.

Bild tahlil davomida nominal davlat rahbarlarini emas, balki haqiqiy siyosiy qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarni hisobga oldi.

Kiritildi: 04:11 08.02.2025. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!