Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng ko‘p foydalanilgan veb-sayt qaysi?

A A A
Dunyodagi eng ko‘p foydalanilgan veb-sayt qaysi?

Agar siz bu savolga javob topish uchun Google'ga kirgan bo‘lsangiz, savolimizga javob topib bo‘ldingiz. Ushbu qidiruv tizimi dunyo bo‘ylab eng ko‘p tashrif buyurilgan o‘nta veb-sahifa ro‘yxatining boshida turishi sizni hayron qoldirmasa kerak.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini Youtube va Facebook egallagan. Pastki pog‘onalardagi ayrim veb-saytlar esa bizga notanish bo‘lishi ham mumkin.

SimilarWeb raqamli o‘lchov vositasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-o‘rinda Xitoyning baidu.com qidiruv tizimidan o‘tgan yilning noyabr oyida 5,49 milliard marta foydalanilgan. 8-o‘rinda esa 3,86 milliard ko‘rsatkich bilan yandex.ru rus qidiruv tizimi turibdi.

Kiritildi: 11:25 06.01.2022. O'qildi: 5339 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!