35 yoshli Turkiyalik Sultan Kozen dunyodagi eng daroz odam hisoblanadi. Uning bo‘yi 2,51 metr, deb yozadi Darakchi nashri.
Sayyoramizning eng kichkina ayoli (bo‘yi 68,2 sm) ushbu gigant odam bilan Misrda fotosessiya qilish uchun uchrashdi.
Djoyti Amge 2001 yil dunyoning eng kichkina ayoli deb e’lon qilingan edi. Uchrashuvda jussasi maydagina ayol o‘zini cho‘molidek his qildi.
Sultan Kozen ham 2001 yili dunyoning eng bo‘yi uzun odami deb tan olingan va Ginnes Rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Ginnes rekordchilarining uchrashuv videosini quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.