Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda vabo kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Xususan, 2024 yilda bu xastalikni yuqtirish holatlari 2023 yildagiga nisbatan 5 foizga, o‘lim ko‘satkichlari esa 50 foizga ortgan. Ya’ni o‘tgan yili 6000 nafardan ortiq odam vabo qurboniga aylangan.

Qolaversa, 2024 yili epidemiya o‘choqlari aniqlangan mamlakatlar soni 60 taga yetgan. Bu ham undan avvalgi yildagiga nisbatan 15 ta ko‘p ko‘rsatkich.

Yuqori o‘sish holatlari qayd etilgan hududlar ro‘yxatida Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari davlatlari yetakchilik qilmoqda. Kasallik qurbonlarining to‘rtdan bir qismi tibbiyot muassasalariga bormasdan vafot etgan.

Xavotirli jihati, 2025 yilda ham global vabo inqirozi davom etmoqda: yil boshidan buyon 31 mamlakatda kasallik tarqalishi qayd etilgani buning tasdig‘i.

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlar, donorlar va mahalliy hamjamiyatlarni vaboga qarshi hamjihatlikda kurashishga chaqirdi. Buning uchun, avvalo, aholini xavfsiz ichimlik suvi va gigiyena vositalari bilan ta’minlash zarur.

Binobarin, o‘tgan yil boshida vaboga qarshi yangi innovasion vaksina (OCV) tasdiqdan o‘tgan. Biroq uni xastalik o‘choqlariga yetkazib berish sur’ati talab darajasida emas.

O‘z navbatida, samarali epidemiologik nazorat va tezkor diagnostika vaboni jilovlashda katta natija berishi mumkin.

Kiritildi: 13:16 16.09.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!