Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoda qahva narxlari 10–20% gacha tushishi mumkin

Dunyoda qahva narxlari 10–20% gacha tushishi mumkin

Dunyo bozorida qahva narxlari pasaymoqda — 2025 yil oxirigacha 10–20% gacha tushishi mumkin. Bu haqda ICE birjasi ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Arabika qahvasi narxi hozirda 1 tonnasi uchun $6856 gacha tushdi — bu 2024 yil dekabridan beri eng past daraja.

Bozor tahlilchisi Kirill Seleznyovning aytishicha, agar ob-havo omillari hosilga salbiy ta’sir qilmasa, narxlar yana pasayishi mumkin:

"Agar iqlim normal bo‘lsa, arabika $6000 tagiga tushishi, robusta esa $3000 va undan pastga tushishi mumkin", — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrida Braziliyadagi qurg‘oqchilik va Vyetnamdagi toshqinlar sababli arabika rekord darajada qimmatlashgan — $7500/tonnadan oshgan edi.

Kiritildi: 09:20 26.06.2025. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!