Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Dunyoda oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

Dunyoda oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

Amerikaning Comex birjasida oltin bir troya unsiya uchun 2850 dollardan oshdi. So‘nggi marta oltin narxi 2024 yil oktyabr oyida 2800 dollardan oshgandi.

Reuters nashri yozishicha, investorlar AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan savdo bojlari joriy etilishi xavfidan xavotirda. Bozor yaqinlashib kelayotgan muhim inflyasiya hisobotini kutmoqda. Ushbu hisobot AQSh Federal zaxira tizimining kelajakdagi siyosatini baholashga yordam berishi mumkin.

31 yanvar kuni shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinadi. The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Xitoyning DeepSeek chat-boti muvaffaqiyati AQSh fond bozorida texnologiya sektorida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Natijada, bu beqarorlik oltin narxining o‘zgaruvchanligiga ta’sir qilgan.

Kiritildi: 10:04 31.01.2025. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!