Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Dunyoda milliarderlar soni 8,2 foizga oshib, rekord darajadagi 3795 kishini tashkil etdi

Dunyoda milliarderlar soni 8,2 foizga oshib, rekord darajadagi 3795 kishini tashkil etdi



Bu haqda “Altrata” kompaniyasining Billionaire Census tadqiqotida xabar berildi.

Rossiyada bu ko‘rsatkich 18 foizga o‘sib, 151 kishiga yetgan. Umuman olganda, Rossiya milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rinni katta farq bilan AQSh band etgan bo‘lib, u yerda dunyo milliarderlarining deyarli uchdan bir qismi – 1265 kishi istiqomat qiladi. 2024 yilda ularning soni 11,5 foizga ko‘paygan.

Ikkinchi o‘rinda 363 nafar milliarder bilan Xitoy (+13,1 foiz), uchinchi o‘rinda esa 221 nafar vakil bilan Germaniya (+20,1 foiz) qayd etilgan. Shuningdek, Germaniya 15 ta davlat orasida eng yuqori o‘sishni namoyon etdi. Beshinchi o‘rinni 132 nafar milliarder bilan Hindiston egallagan (+3,9 foiz).

Milliarderlarning umumiy boyligi 12,8 foizga o‘sib, rekord darajadagi 15,1 trillion dollarga yetdi. Sayyoramizning eng badavlat 29 nafar kishisi hissasiga milliarderlar umumiy boyligining 27 foizi to‘g‘ri keladi, holbuki bu ko‘rsatkich 2017 yilda 7 foizni tashkil etgan edi. Tahlilchilar bu yilgi o‘sishning asosiy omillaridan biri sifatida sun’iy intellektga kiritilayotgan sarmoyalar hajmining keskin ortganini qayd etdi.

Kiritildi: 18:57 28.08.2026. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!