Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish ikki hafta ichida 30 foizga oshdi — JSST

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish ikki hafta ichida 30 foizga oshdi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chorshanba kungi brifingda so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 30 foizga oshganini e’lon qildi.

Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropada omikron shtammining BA.4 va BA.5 subvariantlari ustunlik qilmoqda, ayni paytda yangi kichik turlar ham aniqlanmoqda.

Omikronning BA.2.75 kichik turi Hindistonda aniqlangan, mutaxassislar uni kuzatmoqda, dedi JSST rahbari.

«Global miqyosda o‘tkazilgan koronavirus testlari soni keskin kamaydi, — dedi Tedros Gebreesus. — Bu koronavirus rivojlanishining haqiqiy manzarasini yashiradi va odamlar og‘ir kechishining oldini olish uchun o‘z vaqtida davolanmayotganini bildiradi».

Hozirgi global koronavirus holatini yana bir nechta tendensiyalar xarakterlaydi:

emlash jiddiy kasallik va o‘limning oldini olishning haqiqatan ham samarali vositasi bo‘lib qolmoqda. JSST, ayniqsa, xavf guruhlarida (tibbiyot xodimlari, keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar) buster vaksinasiyaning ahamiyatini ta’kidlaydi;

yangi koronavirus dorilari, ayniqsa samarali antiviral preparatlar past va o‘rta daromadli mamlakatlarga yetib bormayapti, shuning uchun JSST mamlakatlarni ularni yanada qulayroq qilishga chaqirmoqda;

pandemiyaning har bir to‘lqini kasallik oqibatlari bilan yashaydigan ko‘proq odamlarni qoldiradi. Bu omon qolganlarning o‘ziga ta’sir qiladi hamda sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiyot va jamiyat uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Kiritildi: 11:38 07.07.2022. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!