Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin

Dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin

Tez orada butun dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin.

Bunga neyron tarmoqlar sababchi: operativ xotira ma’lumotlar markazlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ommaviy ravishda sotib olinmoqda. Bu so‘nggi bir yil ichida tezkor xotira narxining aql bovar qilmaydigan darajada 171% ga oshishiga olib keldi.

Vaziyatni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham yomonlashtirishyapti: Samsung, Micron va SK Hynix DDR4ni ishlab chiqarishdan shunchaki voz kechib, bor e’tiborini DDR5 va HBM’ga qaratishdi — ular ko‘proq foyda keltiradi va neyron tarmoqlar hamda serverlar uchun aktiv sotib olinadi.

Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do‘konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo‘yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi.

Kiritildi: 21:24 15.11.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!