Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyo karbonat angidrid qoldig‘i miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi

A A A
Dunyo karbonat angidrid qoldig‘i miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Dunyoda energiya ishlab chiqarish tufayli karbonat angidrid chiqindilari miqdori 0,9 foizga oshib, 36,5 gigatondan oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich, deya xabar berdi Euronews.

Bu haqda Xalqaro energetika agentligi e’lon qilgan hisobotda aytilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga asosan tabiiy sharoit, jumladan, dunyoning ayrim mintaqalarida qurg‘oqchilik va jazirama, shuningdek, atom elektr stansiyalarining yopilishi sabab bo‘lgan.

Chiqindilarning ko‘payishi pandemiyadan keyin faol havo transportining tiklanishi bilan ham bog‘liq. Bundan tashqari, ko‘plab shaharlar arzon energiya manbai sifatida ko‘mirga o‘tdi.

Yangi rekordga qaramay, o‘sish kutilganidan kichikroq bo‘lib chiqdi. Mutaxassislar buni qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillarga ommaviy o‘tish bilan bog‘lashmoqda.

Kiritildi: 23:01 03.03.2023. O'qildi: 3217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!