Jumladan, “Boysun”, “Shalola”, “Boy-chechak”, “Chor-qarsak”, “Bulbuli-go‘yo” kabi badiiy jamoalarning xalqaro festivallarda ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Madaniyat vazirligi baxshichilik san’ati namunalari, doston va termalarning “Oltin fondi”ni yaratadi. “Do‘mbira” ustaxonasi va “Baxshilar uyushmasi” tashkil qilinadi.
Shuningdek, Surxon yoshlarini sportga jalb qilish bo‘yicha bir oy muddatda qaror loyihasini kiritish, kelgusi yilda “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasini tashkil qilish topshirildi.
Yig‘ilish davomida hududlar va tarmoqlar, tegishli idoralar rahbarlarining hisoboti tinglandi.