2025 yil 1 avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun yangi jarimalar joriy etiladi. Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 412 000 so‘m etib belgilandi. Shu sababli jarimalar miqdori ham oshadi:
Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash — 1 BHM = 412 000 so‘m
Yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallarni yoqib tutatib atmosfera havosini ifloslantirish —
1 BHM = 412000 so‘m
Ang‘iz,xazon va shox shabbalarni yoki o‘simliklarning qoldiqlarini yoqib yuborish — 3 BHM = 1 236 000 so‘m
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish — 3 BHM = 1 236 000 so‘m
Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish — 25 BHM = 10 300 000 so‘m
Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik — 10 BHM = 4 120 000 so‘m
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish — 20 BHM = 8 240 000 so‘m.