Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dubaydagi Burj Xalifa minorasi Turkiya bayrog‘i ranglariga bo‘yaldi

A A A
Dubaydagi Burj Xalifa minorasi Turkiya bayrog‘i ranglariga bo‘yaldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning BAAga tashrifi munosabati bilan Dubaydagi Burj Xalifa minorasiga Turkiya bayrog‘i o‘rnatildi.

Rasmiy tashrif bilan Amirliklarga kelgan Turkiya davlati rahbari Jahon hukumati sammiti -2024 da ishtirok etadi.

Sammitda jami 25 dan ortiq davlatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

«Kelajak hukumatlarini shakllantirish» mavzusidagi sammit 14 fevralga qadar davom etadi.

Burj Xalifa - dunyodagi eng baland va ko‘p qavatli, shuningdek, eng baland inshoot bo‘lgan Dubaydagi (BAA) balandligi 828 metr bo‘lgan o‘ta baland osmono‘par bino.

Kiritildi: 16:36 13.02.2024. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!