Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Dubayda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

A A A
Dubayda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida kasal bo‘lib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Z.A.ning vatanga qaytishiga yordam berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu insonparvarlik ko‘magi BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda «Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi» xayriya tashkiloti rahbariyatining faol qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

Bosh konsullikka yo‘llangan murojaat asosida Z.A.ning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi. Ular uchun to‘lovlar va mamlakatga qaytish chiptasi uchun to‘lovlar to‘liq homiylar tomonidan qoplandi.

8 fevral kuni yurtdoshimiz «Uzbekistan Airways» kompaniyasining «Dubay-Toshkent» yo‘nalishidagi havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Kiritildi: 14:16 10.02.2024. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!