Dubayda amirlik metropolitenining yangi yo‘llarini qurish boshlandi, deb xabar berdi Khaleej Times.
Metroning yangi tarmog‘i shaharning shimoli-sharqiy qismi manzarasini o‘zgartirib, transport tiqinlarini kamaytiradi va Dubay xalqaro aeroporti bilan bevosita bog‘lanadi.
Foto: Dubai Media Office
Loyiha doirasida quriladigan stansiyalardan biri — Emaar Properties diqqatga sazovor. 74 metr balandlikda joylashgan ushbu stansiya jahondagi eng baland metro stansiyasiga aylanadi.
Foto: Dubai Media Office
Dubaydagi yangi texnika mo‘’jizasi 2029 yilda ochilishi kutilmoqda.