Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Dubay amiri Shavkat Mirziyoyev haqida o‘zbekcha fikr bildirdi (foto)

A A A
Dubay amiri Shavkat Mirziyoyev haqida o‘zbekcha fikr bildirdi (foto)

Birlashgan Arab Amirligi vise-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda o‘zbek tilida tvit yozdi.

Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi , - deb yozilgan tvitda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi doirasida 10 milliard dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi.

Investisiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Kiritildi: 19:20 26.03.2019. O'qildi: 3183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!