Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

DTM “Test natijalari 2 kun mobaynida ham e’lon qilinishi mumkin”

A A A
DTM “Test natijalari 2 kun mobaynida ham e’lon qilinishi mumkin”

Bugun, 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazi vakillari ishtirokida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov nima uchun joriy yilda mandat kechikayotganiga izoh berarkan, joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uchta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi ilk marta yo‘lga qo‘yilgani va shu bois ham mandat test jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinishini ta’kidladi. Shuningdek, u haligacha ayrim imtiyozlarni uchta yo‘nalishda qo‘llash tartibi rasman ma’lum emasligi, Farg‘onadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari alohida kvotada qabul qilinadimi yoki asosiy kvota ichidami, bu ham noaniqligini aytib, mazkur holatlar ham yakuniy natijalar kech chiqarilishiga sabab bo‘layotganini bildirdi.

Barno Rajabovning qayd etishicha, DTMda ikki kun mobaynida mandatni e’lon qilish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 14.05.2019 yildagi Prezident qarori bo‘yicha, test sinovlarining javoblarini e’lon qilishning oxirgi muddati - 22 avgust. Qonun hujjatlarida test sinovlari natijalarini ortga surish haqida birorta qoida yo‘q.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli uchun joriy yilgi test sinovlari 29 iyuldan 15 avgustga qadar o‘tkazildi.

Kiritildi: 06:55 22.08.2019. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!