Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Dron hujumidan keyin Sochidagi neft omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Dron hujumidan keyin Sochidagi neft omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Rossiyaning janubidagi Sochi shahrida dron hujumidan so‘ng neft omborida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda shahar meri Andrey Proshunin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

"Adler tumanidagi neft bazasida yoqilg‘i baki yonib ketdi. Dronning qoldiqlari yana Aviasionnaya ko‘chasidagi garaj kooperatividagi binolarga borib tushdi. Dastlabki qurbonlar yo‘q" - deb yozdi mer.

Rossiyaning Telegram-kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, hujum aeroport ro‘parasida joylashgan Adlerdagi "Rosneft-Kubannefteprodukt" neft bazasida amalga oshirilgan; hodisa tufayli kamida 52 ta reys o‘zgartirildi.

Kiritildi: 10:45 03.08.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!