Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Dron hujumi: Qozon va Nijnekamsk aeroportlari vaqtincha yopildi

Dron hujumi: Qozon va Nijnekamsk aeroportlari vaqtincha yopildi

Tataristonning Qozon xalqaro aeroportida va Nijnekamskdagi Begishevo aeroportida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Aeroportlarda reyslar vaqtincha to‘xtatilgan. Samolyot ekipajlari, dispetcherlar va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda — bu ustuvor vazifa”, dedi departament vakili Artem Korenyako.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ijevsk aeroportida ham cheklovlar joriy etilgan.

Qozon aeroporti onlayn doskasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 ta reys uchib ketishda va 5 ta reys qo‘nishda kechiktirilmoqda. “Rossiya” aviakompaniyasi samolyoti Begishevo aeroportidan uchib ketishga ulgurmadi, u soat 8:45 da uchishi kerak bo‘lgan.

Kiritildi: 23:52 15.06.2025. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!