Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Doping topilgan 4 nafar sportchimiz borasida rasmiy bayonot berildi

Doping topilgan 4 nafar sportchimiz borasida rasmiy bayonot berildi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ayrim manbalar orqali o‘zbekistonlik 4 nafar paralimpiyachi doping sabab diskvalifikasiya qilingani haqidagi xabarlariga nisbatan quyidagilarni ma’lum qiladi:

«Ushbu xabarlarda nomlari tilga olingan sportchilar 2018-2019 yillarda diskvalifikasiyaga uchragan. Ularda doping aniqlangani haqida o‘z vaqtida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida e’lon qilingan. Hozirda ushbu atletlar butunlay sportni tark etishgan. Afsuski, bu xabarlar ommaviy axborot vositalarida biroz noto‘g‘ri talqin qilindi.

Ma’lumki, bugungi kunda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar dunyoning kuchli o‘nligiga kiradi. Bu bir tomondan g‘urur bag‘ishlaydi, albatta. Lekin, ikkinchi tomondan bu holat paralimpiya sportchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklashini ham unutmasligimiz lozim. Boisi, WADA (Butunjahon antidoping agentligi) yuqori natijalar qayd etayotgan mamlakat sportchilarini doimiy tarzda tekshiruvga oladi. Shu bois har qachongidan ham hushyorroq bo‘lishimiz talab etiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, doping aniqlangan har qanday o‘zbekistonlik sportchi to‘g‘risida ma’lumot O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy manbalari orqali muntazam e’lon qilinadi».

Kiritildi: 07:41 19.03.2020. O'qildi: 3618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!