Prezident farmoniga muvofiq, Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Qodirov Prezident administrasiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2025 yil iyul oyida mazkur departament rahbari etib tayinlangan edi. Shu munosabat bilan u Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan.
2026 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimida Doniyor Qodirovga general-mayor harbiy unvoni topshirilgan. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan.