Reuters agentligining xabar berishicha, Donbasda yollanma kuchlar tarkibida qolib ketgan to‘rt nafar Janubiy Afrika fuqarosi vataniga qaytdi.
“Nashrning ta’kidlashicha, to‘rt nafar janubiy afrikalik Yoxannesburgning asosiy aeroportiga qo‘ndi”, deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu fuqarolar yollanma askarlarga qo‘shilish uchun “aldap” Ukrainadagi urush zonalariga yuborilgan, shuningdek ular Donbasdagi mojaro zonasida qolib ketishgan.
2025-yil noyabr oyida Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa 20–39 yoshdagi 17 nafar janubiy afrikalik erkak Donbasda yollanma kuchlar tarkibida ekanini ma’lum qilgan va favqulodda qo‘ng‘iroqlar yuborgan. Davlat rahbari ular qaysi tomonda jang qilayotganini aniq aytmadi.