Dunyoning barcha ommaviy axborot vositalari AQShning 47-prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilmoqda. Bu Xitoyda ham, Janubiy Koreyada ham bo‘lishi mumkin.
South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berishicha, Tramp 30 oktyabrdan 1 noyabrgacha Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTOIH) sammiti oldidan Xitoyga tashrif buyurishi yoki xalqaro tadbir doirasida XXR rahbari bilan uchrashishi mumkin.
“Janubiy Koreyadagi OTOIH sammiti, ehtimol, bu yil Si Szinpin va Donald Trampning shaxsiy uchrashuvi uchun eng yaxshi imkoniyatdir”, deb hisoblaydi Gonkong nashri o‘z manbalariga tayanib.
Mutaxassislarning fikricha, birinchi holatda Tramp Pekinga emas, balki Shanxay yoki boshqa Xitoy shahriga tashrif buyuradi. Oq uyning Nvidianing H20 chiplarini Xitoyga maxsus lisenziyasiz sotishga ruxsati uning rais Xi bilan shaxsiy uchrashuvga taklifnoma olish uchun Xitoy rahbariyatiga xayrixohlik qilishga urinishidir, deb yozadi The New York Times (NYT). Gazeta ekspertlarining fikricha, Vashingtonning Pekinga bosimini yumshatgani Xitoyning Amerika savdo to‘siqlariga samarali javob berishi bilan ham bog‘liq. Pekin noyob tuproq metallari, tibbiy asboblar va elektronika yetkazib berishni cheklaganida Tramp ma’muriyati Xitoyning javob choralari xavfini to‘liq anglab etdi. Bu darhol amerikalik ishlab chiqaruvchilarga, xususan, sanoatning flagmanlaridan biri - Fordga ta’sir qildi.
Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 2025 yil fevral oyida boshlangan. Tramp barcha Xitoy tovarlari importiga 10 foizlik boj joriy etgan, keyingi oy esa bu stavkani 20 foizga oshirgan. Xitoy Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qarshi tariflar bilan javob berdi. Buning ortidan eskalasiyaning yangi bosqichi bo‘lib, Amerika tariflari 54% va 145% gacha, Xitoy tariflari esa 125% gacha ko‘tarildi. Barcha qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlat rahbarlarining uchrashuvi zarur.