Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani o‘z nazorati ostiga olishini aytdi

 Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani o‘z nazorati ostiga olishini aytdi

AQSh prezidenti bu haqda Air Force One samolyotida jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi.

"Menimcha, biz uni qo‘lga kiritamiz. Orolda yashovchi 56 ming aholi biz bilan bo‘lishni xohlaydi. Daniya nima uchun bu yerga da’vo qilayotganini bilmayman, ammo agar ular bunga yo‘l qo‘ymasalar, bu nodo‘stona qadam bo‘ladi. Chunki bu dunyoda erkinlikni himoya qilish uchun zarur", — deya ta’kidladi Tramp.

AQSh prezidenti Grenlandiyani sotib olish masalasini ilk marta 2019 yilda, o‘zining birinchi prezidentlik muddatida ko‘targan edi. U Qo‘shma Shtatlarning orol ustidan nazorati xalqaro xavfsizlik uchun "mutlaq zaruriyat" ekanini aytmoqda.

"Menimcha, Grenlandiyani biz qo‘lga kiritamiz, chunki gap dunyoning erkinligi masalasi haqida ketmoqda. Bu masalani Qo‘shma Shtatlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bundan tashqari, biz erkinlikni ta’minlay oladigan yagona mamlakatmiz. Daniya bunga qodir emas", — deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp.

Kiritildi: 12:42 26.01.2025. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!