Donald Tramp Floridadagi qarorgohida tantanali kechki ovqatda nutq so‘zladi va yig‘ilgan tarafdorlariga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir Tramp siyosatini targ‘ib qilish maqsadida 2021 yilda tashkil etilgan America First Policy Institute (AFPI) tomonidan o‘tkazildi.
"Hech kim biz bunday g‘alaba qozonishimizni bilmas edi, bu katta natija bo‘ldi", — dedi Tramp Mar-a-Lago qarorgohida yig‘ilgan tarafdorlariga.
Tramp ko‘plab mehmonlarga, jumladan Argentina prezidenti Xaver Miley va AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga, shuningdek, so‘nggi paytlarda doimo Trampning yonida bo‘lgan biznesmen Ilon Maskga minnatdorchilik bildirdi.
"Mask bu joyni yaxshi ko‘radi, uni bu yerdan haydab chiqara olmayman. Men ham uning shu yerda bo‘lishini yaxshi ko‘raman", — dedi saylangan prezident.
Tramp nutqi so‘nggida Rossiyaning Ukraina bilan urushi tugashi kerakligini va yanvar oyida prezidentlik lavozimiga kirishganida bu masala o‘zi uchun ustuvor vazifa bo‘lishini aytdi.