Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Domodedovo aeroporti davlat mulkiga aylandi

Domodedovo aeroporti davlat mulkiga aylandi

Rossiya Bosh prokuraturasi talabi va Moskva viloyati arbitraj sudi qarori bilan "DME Xolding"ning 100% aksiyalari davlat hisobiga musodara qilindi.

Sabab – strategik muhim ob’ekt xorijiy fuqarolar ta’sisi ostida ekani aniqlangan. Xususan, aeroportning100% aktivlari Turkiya va BAA fuqarosi Dmitriy Kamenshik va Isroil fuqarosi Valeriy Koganga tegishli ekan. Ular 2021—2023 yillarda “kredit to‘lovi” niqobi ostida xorijga 18 mlrd rubl olib chiqib ketgan.

Bugungi kunda Domodedovo aeroporti va uning tuzilmalari qiymati trillion rubldan ortiq baholanmoqda.

Kiritildi: 21:16 17.06.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!