BBC bu haqda mahalliy qutqaruv xizmati rahbariga tayanib xabar bermoqda.
Santo-Domingodagi Jet Set nomli tungi klubning tomi konsert vaqtida qulab tushdi. O‘sha paytda binoda bo‘lganlarning aniq soni noma’lum. Lekin mahalliy matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, klubda 500 dan 1000 nafargacha odam bo‘lgan.
Qutqaruvchilar hanuzgacha vayronalar ostidan odamlarni chiqarishda davom etmoqda, jarohatlangan 155 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
400 ga yaqin qutqaruvchi vayronalardan bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tom to‘satdan qulab tushgan – ulardan biri avvaliga bu zilzila deb o‘ylaganini va shu bois boshini yopgancha o‘zini polga tashlaganini aytdi.