Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Doka niqob qanday materialdan, nechchi qavat qilib tikilgan yoki yasalgan bo‘lishi kerak?

A A A
Doka niqob qanday materialdan, nechchi qavat qilib tikilgan yoki yasalgan bo‘lishi kerak?

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Aytingchi, doka niqob qanday materialdan, nechchi qavat qilib tikilgan yoki yasalgan bo‘lishi kerak?

❗️Tibbiy niqoblarni  ishlab chiqarishda  belgilangan Davlat standarti amal qilinadi.
Maskalar himoya darajasiga qarab, 2 turga bo‘linadi:  epidemiyalar va pandemiyalarda infeksiyani tarqalishini kamaytirish uchun ishlatiladigan doka niqoblar.

Ushbu niqoblar o‘ziga nam tortmaydigan materiallardan tayyorlanishi  va 2 soatdan ortiq hamda ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin emas, chunki undan ortiq ishlatilsa maskalar orqali kasallikni yuqtirib olish mumkin.

2-turdagi maskalar – bular respiratorlardir.
Respiratorlar ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin va bunda ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yilgan ishlatish muddatiga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

Kiritildi: 12:29 02.04.2020. O'qildi: 2623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!