Dog‘istonning sobiq sport vaziri Magomed Magomedov «Matrosskaya Tishina» tergov izolyatorida o‘z joniga qasd qilishga urindi.
Kommersant va Baza yozishicha, Magomedov 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ertalab xavfsizlik xodimlari sobiq vazirni ko‘plab jarohatlar bilan topdilar.
Erkak Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Shifokorlar uning sog‘lig‘ini o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Magomed Magomedov 2012 yildan 2021 yilgacha Dog‘iston sport vaziri, keyinroq Qizilyurt meri bo‘lib ishlagan. Bir necha suiqasddan omon qolgan. U 2023 yil oktyabr oyida hibsga olingan.
Sobiq amaldor katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. U sport tadbirlari uchun ajratilgan o‘n millionlab rubllarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda.
Telegram kanallari yozishicha, sobiq vazir 90 yillarning birinchi yarmidan boshlab respublikadagi shov-shuvli qotillik va suiqasdlarga aloqadorlik uchun sinovdan o‘tgan.