Maxachqal’ada haydovchi mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lgan IIB xodimlariga qarata o‘t ochdi.
Bu haqda Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida huquq-tartibot idoralari ishlamoqda.
"Maxachqal’a aholisi va poytaxt mehmonlaridan xotirjamlik va oddiy xavfsizlik choralariga rioya qilishlarini so‘rayman," - dedi u.
Dog‘iston Ichki ishlar vazirligi polisiyachilarning o‘limi faktini tasdiqladi.
"Bugun soat 14.20 atrofida Maxachqal’a shahrida noma’lum shaxslar Dog‘iston Respublikasi IIV YPX naryadiga hujum qilishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida uch nafar polisiyachi halok bo‘lgan," - deyiladi vazirlik xabarida.