Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dizelda ishlaydigan uchar mashina

Dizelda ishlaydigan uchar mashina

Amerikaning FusionFlight kompaniyasi Axion avtomobili haqida e’lon berdi. Bu aslida mashina ham emas, sakkizta mikroturbinli reaktiv dvigatellar bilan jihozlangan shaxsiy vertikal uchish va qo‘nish samolyotidir.

Maksimal uchish og‘irligi 230 kg, sof og‘irligi 70 kg, yoqilg‘i og‘irligi 80 kg, odamning (yoki yukning) og‘irligi 80 kg. Parvoz qilish va qo‘nish, havoda uchib turish va gorizontal parvozda 362 km/soat tezlikka erishish imkoniyatlariga ega. Maksimal tezlikda parvoz davomiyligi 15 daqiqa. 10 km balandlikda ucha oladi.

Axionni ikkita joystik yordamida qo‘lda yoki sensorli ekranda avtonom boshqarish mumkin. U yuklarni, masalan, tibbiy buyumlar yoki favqulodda evakuasiyaga muhtoj bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Er sinovlari allaqachon boshlangan, birinchi parvoz sinovlari shu yil oxirida rejalashtirilgan. Axion buyurtma asosida ishlab chiqariladi, narxi 290 000 dollardan boshlanadi

Kiritildi: 06:13 19.07.2025. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!