Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Dizayn» jamoasi ham «Million»ga o‘xshab bo‘linadimi?(video)

«Dizayn» jamoasi ham «Million»ga o‘xshab bo‘linadimi?(video)

«Dizayn» jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Dilshodbek Musabekov «Dizayn» jamoasi a’zolari Qobil Karimberdiyev va Sa’dulla Fatxullayev yakkaxon konsert dasturini taqdim qilgani bilan jamoa tarqab ketmasligi haqida gapirib berdi.

Sahnada Sa’dulla va Qobiljon bo‘lgani bilan parda ortida men va Abdurahmon bo‘lganmiz. Ijod, tayyorgarlik jarayonlarida har doim birga bo‘ldik. Bu holat otilib, ‘men bir o‘zim konsert beraman’, degan ohang bilan emas, balki maslahat bilan amalga oshgan.

‘Yoshligimda niyatim bor’, deyishganda, ‘agar shunday niyat qilgan bo‘lsang, biz sizlarning yoningizda tirgak bo‘lib, qanday yordam kerak bo‘lsa birga bajaramiz’, degan edik. Konsertni ko‘rsangiz oxirida biz ham sahnaga chiqib qo‘llab-quvvatlab turganmiz.

Tarqalish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu narsadan xudoning o‘zi asrasin. Bizda birinchi o‘rinda oqibat turadi. Umrimiz oxirigacha bunday bo‘lmasa kerak.

Dilshodbek Musabekov, «Dizayn» jamoasi a’zosi

Kiritildi: 15:53 17.07.2019. O'qildi: 3934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!