Bugun 25 mart, 2023 yil, shanba

КИР

Diqqat! «O‘zgidromet» fevral oyi uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi

Diqqat! «O‘zgidromet» fevral oyi uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi

O‘zbekistonda fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0+5 daraja iliq, ba’zi joylarda -2 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi harorat +3+8 daraja iliq, ba’zi joylarda +10+12 daraja iliq bo‘lishi, shimolda kechalari -3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari +2+7 daraja iliq bo‘lishi kutiladi.

Ma’lum qilinishicha, o‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.

Fevral oyining oxirigacha harorat kechalari +2+7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqgacha tushadi. Shuningdek, kunduz kunlari +2+7 daraja iliqdan +12+17 iliqgacha o‘zgarib turishi kutiladi.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Kiritildi: 12:47 31.01.2023. O'qildi: 31496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!