Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Diqqat! Toshkentda bugundan yo‘lovchi tashishga ruxsat bor, ammo...

Diqqat! Toshkentda bugundan yo‘lovchi tashishga ruxsat bor, ammo...

8 maydan boshlab yo‘lovchilar Toshkentda taksi xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda avvalroq ma’lum qilgandik.

Eslatma! Odamlarni tashish uchun taksi haydovchilari bir qator qoidalarga amal qilishlari kerak. Shunday qilib, masalan, haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan himoyalangan bo‘lishi lozim, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqoblarda bo‘lishi shart (tibbiy niqoblarsiz yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi), yo‘lovchi transport vositasining orqa o‘rindig‘ida o‘tirishi kerak.

Shuningdek, haydovchi faqat ro‘yxatdan o‘tgan hududda harakatlanishi talab qilinadi (transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish).

"Transport vositalari haydovchilari va korxona ishchilari, yo‘nalishsiz taksilarda yuradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining lisenziyalari bekor qilinadi", — deya ta’kidladi Toshkent shahar hokimiyati.

Qonunga ko‘ra, 54-moddaning 2-qismida fuqarolar yigirmadan o‘ttiz baravargacha, mansabdor shaxslar esa o‘ttizdan ellik baravargacha jarima to‘lashga majburdirlar (tegishli ravishda 4,460,000 - 6,690,000 va 6,690,000 - 11 150 000 so‘m).

Kiritildi: 03:54 08.05.2020. O'qildi: 5635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!