Qovurilgan tuxum sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu taomni har kimga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bu haqda diyetologlar ogohlantirmoqda, deb yozadi belnovosti.by.
Shunday qilib, ortiqcha vaznli odamlarga qovurilgan tuxumni iste’mol qilmaslik yaxshiroq, chunki tuxum odatda kungaboqar yog‘ida qovuriladi. Bu yog‘ esa semizlikka sabab bo‘ladi. Qovurilgan tuxum yurak yoki qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan odamlar uchun ham xavfli — ortiqcha yog‘ va xolesterin qon tomirlari, qon aylanish tizimi va yurakka yomon ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tuxumdan to‘liq voz kechishning ham hojati yo‘q — tuxum tarkibida D, B6, B12 vitaminlari, shuningdek minerallar mavjud. Ushbu mikroelementlar ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, tanani oziqlantiradi.