Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Diqqat! Koronavirusning yana bir yomon ta’siri aniqlandi

Diqqat! Koronavirusning yana bir yomon ta’siri aniqlandi

Manchester universiteti olimlari koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda eshitish muammolarini aniqlashdi, deb xabar beradi Lenta.ru.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar tomonidan 121 ta koronavirusga chalingan bemorlar kuzatilgan va ularning 16 nafarida eshitish qobiliyatining buzilishi qayd etilgan.

Ular kasalxonadan chiqarilgandan ikki oy o‘tgachgina shunday muammoga duch kelishgan.

Mutaxassisalarning so‘zlariga qaraganda, bu eshitish neyropati bilan bog‘liq jarayon bo‘lishi va unda eshitish asablari bo‘ylab signallarning miyaga uzatilish holati buzilgan bo‘lishi mumkin.

Biroq, olimlar koronavirus bilan kasallangan bemorlarning eshitish tizimiga stress va infeksiyaga qarshi ishlatiladigan dorilarning ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini inkor etishmayapti.

Kiritildi: 22:36 01.08.2020. O'qildi: 10815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!