Bundan keyin uylar «korobka» holatida topshirilmaydi. Bu haqda AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi.
«Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga o‘zgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar «korobka» holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi.
Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikasiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi», dedi u.