Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

«Diplomatiya va xalqaro huquqka xiyonatkorona zarba»

«Diplomatiya va xalqaro huquqka xiyonatkorona zarba»

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Jenevadagi BMTning inson huquqlari kengashida so‘zga chiqib, Isroilning Eron yadroviy ob’ektlariga qilgan zarbalarini «juda og‘ir harbiy jinoyatlar» deb atadi va ular radiasion falokat xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, Isroil 2024 yil 13 iyun kuni ertalabdan boshlab Eronga qarshi «turtkisiz agressiya» boshlab, BMT Nizomining 2-modda, 4-bandini buzgan. Araqchiga ko‘ra, zarbalar natijasida ta’tildagi harbiylar, olimlar va fuqarolar halok bo‘lgan, turar-joy binolari, kasalxonalar, infratuzilma va Tashqi ishlar vazirligi binosiga shikast yetkazilgan.

Araqchi hujum AQSh bilan 15 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv arafasida sodir bo‘lganini eslatdi. «Biz tinch yadroviy dasturimiz atrofidagi sun’iy bahsga barham beradigan konstruktiv kelishuvga yaqin edik», — dedi u. Unga ko‘ra, Isroil bu hujum bilan «diplomatiya va xalqaro huquq asoslariga xiyonatkorona zarba berdi».

«Agar hozir chora ko‘rilmasa, BMT Nizomiga asoslangan xalqaro tizim yemirilishi mumkin», — dedi Araqchi. U o‘zini nafaqat butun umrini diplomatiyaga bag‘ishlagan shaxs, balki Saddam Husayn rejimiga qarshi urushda ishtirok etgan sobiq harbiy sifatida ham gapirayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:16 21.06.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!