Toshkent viloyatida yashovchi O.N ismli shaxs muqaddam Rossiya Federasiyasi Moskva shaxrida ishlash vaqtida diniy ekstremistik tashkilot a’zolari ta’siriga tushadi.
Natijada, IIB va boshqa HMQO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uning diniy ekstremistik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan video ma’ruzalarni yaqin tanishlariga tarqatib kelayotganligi aniqlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.
Shundan so‘ng, video materiallar xususida olingan ekspertiza xulosasiga asosan qonuniy qaror qabul qilish maqsadida sudga jo‘natilgan. (Taqiqlangan saytlar ro‘yhati)
Kuni kecha to‘plangan prosessual xujjatlar sud tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 182³-moddachiga ko‘ra, BHMning 20 (yigirma) barobari miqdorida javobgarlik belgilandi.