Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Dinamo" nazorat uchrashuvida Qirg‘iz Respublikasi jamoasini tor-mor etdi

A A A
"Dinamo" nazorat uchrashuvida Qirg‘iz Respublikasi jamoasini tor-mor etdi

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg‘izistonda o‘tkazayotgan yig‘inda uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Issiqko‘ldagi navbatdagi bahsda ham Vadim Abramov shogirdlari Qirg‘iziston chempionati vakili «OshMU Aldiyer» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yinda Kojo Joelning dubli, Anvarjon Hojimirzayev va Abubakr Muydinovning goli «Dinamo»ga yirik g‘alaba keltirdi – 4:0. «Dinamo» ertaga, 22 iyul kuni yurtimizga qaytadi. Avvalgi ikki bahsda jamoamiz 5:2 va 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. Issiqko‘l.
21 iyul (shanba)
«OshMU Aldiyer» (Qirg‘iziston) – «Dinamo» - 0:4
Gollar:
Anvarjon Hojimirzayev 10, Kojo Joel 58, 67, Abubakr Muydinov 87 penaltidan.
«Dinamo»: F.Rahmatov, D.Miyich, M.Tursunov, U.Abdullayev, V.Oqbo‘tayev, X.Xalilov, D.Temirov, SH.Qodirov, Ratinyo, A.Hojimirzayev, K.Joel.
Zaxiradan maydonga tushganlar: R.Yagudin, F.Narx, S.Shoahmedov, H.Iminov, A.Muydinov, K.Sharofutdinov.

Kiritildi: 21:43 21.07.2024. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!