Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Deyn Uayt: "Habib Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgan..."

A A A
Deyn Uayt: "Habib Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgan..."

UFC prezidenti Deyn Uayt yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji qarshi jang oldidan jarohat olgani haqida gapirdi.

«Menga bir ma’lumot yetib keldi. Buni eshitdingizmi yoki yo‘q bilmayman. Ma’lum bo‘lishicha, unda oyoq sinishi kuzatilgan. Bu jangdan uch hafta avval sodir bo‘lgan. Buni menga Habibning atrofidagi odamlar aytdi. U hech kimga hech narsa demadi, Habib eng chidamli odamlardan biri», — deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Habib «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etdi. Jangdan keyin rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Kiritildi: 11:11 26.10.2020. O'qildi: 2837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!