BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ikki nafar bokschimiz chorak finalgacha yetib borib, 5-o‘rin bilan kifoyalandi.
Bu yilgi musobaqaning sovrin jamg‘armasi umumiy hisobda 8,2 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:
Oltin: 300 ming AQSh dollari
Kumush: 150 ming AQSh dollari
Bronza: 75 ming AQSh dollaridan
5-o‘rin: 10 ming AQSh dollaridan
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari umumiy hisobda 1 million 445 ming AQSh dollari pul mukofotiga ega chiqishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu mukofot pullarida sportchining murabbiyi va milliy federasiyaning ham ulushi bor: qo‘lga kiritilgan pulning 50 foizini sportchi oladi. 25 foizi murabbiyga, yana 25 foizi esa mamlakat boks federasiyasi beriladi.