Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Denov tumanida velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Denov tumanida velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Denov tumanida 2022 yil 5 avgust kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan xabarga ko‘ra, tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi, tadbirkor X.Xonim (ism shariflar o‘zgartirilgan) “102”ga qilgan murojaatida, 29 iyul kuni soat 14:00 larda, shu tumanda joylashgan savdo do‘koni oldida turgan 1.150.000 (bir million bir yuz ellik ming) so‘mlik “Bonvi” rusumli velosipedini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, S. Mirolim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

5 avgust kuni S.Mirolimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:46 16.08.2022. O'qildi: 2077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!