Bugun soat 01:30 da Denov tumanidagi Olovuddin mahallasida Nexia-3 yuqori bosimli gaz quvuriga urilgan.
Oqibatda tumandagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, tumandagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.
“Ayni paytda mazkur hududda bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilmoqda”, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.