Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Denov tumanida 678 nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumanida 678 nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Joriy yilning avgust oyida «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruv raisining tashabbusi bilan Denov tumani Yoshlik mahallasi Olamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri 76 mm bo‘lgan 19,4 km ichimlik suv quvurlari yetkazib berildi. Bu tashabbus tufayli qishloqning 678 nafar aholisi, 103 ta xonadon, shuningdek, 1 ta maktab va 1 ta qishloq vrachlik punkti ilk bor toza ichimlik suviga ega bo‘ldi.

Avval qishloq aholisi suvni 7-12 km uzoqlikdan maxsus texnika yordamida olib kelardi. Olib kelingan bir mashina (3,5 m³) suvning narxi 300-350 ming so‘mni tashkil etardi.

Mavjud tabiiy buloqdan suv olish uchun 2 ta kaptaj qurilib, quvurlar o‘rnatildi. Denov tuman suv ta’minot bo‘limi mutaxassislari va qishloq aholisidan ko‘ngilli vakillar ishtirokida qurilish ishlari yakunlandi. Barcha ishlarda jami 100 nafar xodim qatnashdi.

Natijada qishloq aholisi ilk bor toza ichimlik suviga erishdi.

Kiritildi: 14:24 06.10.2024. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!