Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati. Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi.
Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi.
Etarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.
Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi.
Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi.