Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Barselona" oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 2:1. O‘yin Ispaniyadagi "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvning 10-daqiqasida VAR kataloniyaliklar forvardi Robert Levandovskining golini bekor qildi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida nemislar hisobda oldinga chiqib olishdi - Knauff gol urdi. Tanaffusdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Jyul Kunde 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

"Barselona" ochkolarini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. "Ayntraxt" esa 4 ochko bilan 30-pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda "Barselona" "Sparta" bilan, "Ayntraxt" esa "Qorabog‘" bilan kuch sinashadi. Ikkala o‘yin ham 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

ECHL. 6-tur

10 dekabr, 01:00

Barselona - Ayntraxt - 2:1

Gollar: Knauff, 21 (0:1). Kunde, 50 (1:1). Kunde, 53 (2:1)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, Martin, Balde (A. Kristensen, 89), Kunde, Pedri, E. Garsiya, Fermin Lopes (Reshford, 46), Rafinya (de Yong, 66), Yamal (Bardji, 89), Levandovski (Torres, 66)

Ayntraxt F: Setterer, Teat, Kox, Braun, R. Kristensen, Sxiri, Larsson (Daud, 68), Getse (Uzun, 77), Shaibi (Baoyya, 77), Doan (Ngankam, 89), Knauff (Vaxi, 68)

Ogohlantirishlar: Yamal, 56. Martin, 61 - Knauff, 28

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!