1. Garri Potter rolini ijro etgan britaniyalik Deniyel Redkliff 2009 yil o‘n yillikning eng ko‘p maosh olgan aktyori sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Aktyor Garri Poterning 1-filmi uchun 150 000 yevro, so‘ngi qismlarda esa 8 million yevrogacha gonorar olgan.
2. 11 yoshidan Garri Potter filmida ishtirok eta boshlagan Deniyel o‘rta maktabni tashlashga majbur bo‘lgan. Filmning barcha qismlari suratga olingunga qadar 10 yil davomida u atigi ikki marotaba (betobligi tufayligina) suratga olish jarayonlarida qatnasha olmagan.
3. Mazkur filmning suratga olish jarayonlarida aktyor 80 ta “sehrli tayoqcha”ni sindirgan va 160 ta ko‘zoynakdan foydalangan.
4. Kinodagi rollaridan tashqari u turli spektakllarda ham ishtirok etgan va Djeykob Gershon nomi bilan she’rlar yozgan.
5. U Garri Poter filmining suratga olish jarayonlarining so‘ngi yillarida chekishni odat qilgani uchun Garri Paffer nomini olgan. 2009 yilda esa u alkogolizm kasalligiga ham chalingan edi. Bundan tashqari, aktyor dispraksiya kasalligidan aziyat chekadi, bu uning holatni muvofiqlashtirishga halaqit qiladi. Shuning uchun ham u o‘z oyoq kiyimini ipini boylay olmaydi.
Manba: fikrat.uz