Demokratlar Hegsetni impichment qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyani taqdim etish niyatida, deb xabar beradi Axios manbalarga tayanib.
"Vakillar palatasidagi demokratlar urush vaziri Pit Xegsetni hokimiyatni suiiste’mol qilish, harbiy jinoyatlar va boshqa jiddiy huquqbuzarliklarda ayblab, unga impichment e’lon qilish bo‘yicha oltita moddani ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi," - deyiladi xabarda.
Pentagon rahbari oltita bandda ayblanmoqda:
- Eronga qarshi noqonuniy urush boshlash;
- Tinch aholiga qarshi hujumlar;
- Maxfiy ma’lumotlarga beparvolik qilish;
- Kongress nazoratiga to‘sqinlik qilish;
- Hokimiyatni suiiste’mol qilish va harbiy kuch ishlatishni siyosiylashtirish;
- Qo‘shma Shtatlar va uning qurolli kuchlarining obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar.
Qayd etilishicha, rezolyusiya AQShning Erondagi harakatlari, "Signalgeyt" va Xegsetga tegishli bo‘lgan boshqa qonunbuzarliklarga bag‘ishlangan.
Birinchi navbatda, amerikalik demokratlar AQSh Pentagoni rahbarini "Eronga qarshi ruxsatsiz urush"da ayblamoqda, bu esa Amerika harbiylarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Xususan, partiya ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya AQSh Kongressining oldindan roziligisiz boshlangan. Demokratlar, shuningdek, urush qonunlarining buzilishi va Eronning tinch aholisiga hujumga e’tibor qaratdi.